“Roma” futbolchilari “maxfiy o‘yin” o‘tkazadi

“Roma” futbolchilari “maxfiy o‘yin” o‘tkazadi
“Roma” chempionatning ikkinchi qismiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jahon chempionati munosabati bilan tanaffus e’lon qilingan davrda “bo‘rilar” Yaponiya va Portugaliyada tashkil etilgan xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashdi.

Joze Mourino shogirdlari yig‘inlar davomida Yaponiyada ikkita, Portugaliyada uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Italiya matbuotinig yozishicha, “Roma” 2022 yildagi eng oxirgi uchrashuvini 30 dekabr kuni o‘tkazadi. Trigoriyadagi mashg‘ulot bazasida bo‘ladigan bahsda Mourino shogirdlari “Viterbes” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Bo‘lajak uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tkaziladi va unga hech kim qo‘yilmaydi.

“Roma” yangi yildagi ilk bellashuvni 4 yanvar kuni “Olimpiko” stadionida A Seriya doirasida “Bolonya”ga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.