Sensatsiya! "Karagyumruk" amaldagi chempionni yirik hisobda taslim etdi

Sensatsiya! "Karagyumruk" amaldagi chempionni yirik hisobda taslim etdi
Turkiya Superligasi 16-turidan o‘rin olgan \"Fotih Karagyumruk\" - \"Trabzonspor\" uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda mezbonlar 4:1 hisobida zafar quchdi.

Istanbulliklar tarkibida Magomed Ozdoyev, Fabio Borini, Matteo Richchi hamda Jan-Evrar Kuasi tomonidan urilgan gollarga mehmonlar safida Mark Bartra bir marta javob qaytardi. Otabek Shukurov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 70-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa, \"Karagyumruk\" ochkolari sonini 16 taga yetkazib, 11-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. 5-o‘rindagi \"Trabzonspor\" hisobida 26 ochko bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.