Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov 11-tur bahslarini yakunladi

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov 11-tur bahslarini yakunladi
Niderlandiyada davom etayotgan shaxmat bo‘yicha \"Tata Steel Chess-2023\" musobaqasida 11-tur bahslari o‘z yakuniga yetdi.

Masters guruhida g‘oliblik uchun bahs olib borayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov hamda uning yaqin ta’qibchisi, mezbon shaxmatchi Anish Giri o‘yinida tomonlar durang qayd etdi. Nodirbek 7,5 ochko bilan hamon yetakchilik qilmoqda. Giri esa 7 ochko bilan 2-pog‘onada bormoqda.

Chelenjerlar tasnifida sovrinli o‘rin uchun kurashayotgan Javohir Sindarov ham bugun Niderlandiya vakili Maks Varmerga qarshi bahs olib bordi. Ushbu o‘yinda ham tomonlar durangga imzo chekdi. 11-tur yakuni bo‘yicha Javohir 7 ochko jamg‘argan holda hamon 3-o‘rinni band etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.