Eldor Shomurodov: Yangi chaqiruv

Eldor Shomurodov: Yangi chaqiruv
\"Roma\" safida harakat qiladigan legionerimiz Eldor Shomurodov \"Spetsiya\" klubi a’zosiga aylandi. Futbolchi mavsum oxiriga qadar spetsiyaliklar safida ijara asosida harakat qiladi.

Ijara summasi 1,5 million yevro ekani aytilmoqda. Shuningdek, \"Roma\" uni mavsum oxirida yana o‘z safiga qaytarib oladi.

Terma jamoamiz yetakchisi yangi klubiga ko‘chib o‘tgani borasida instagram sahifasida post joylashtirdi hamda \"yangi chaqiruv\", deya izoh qoldirdi.
Eldor Shomurodov: Yangi chaqiruv
Qayd etish lozim, \"Spetsiya\"da Shomurodovni sotib olish huquqi mavjud emas.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.