Zinedin Zidan: "Ronaldu finalga 100 foiz tayyor bo‘ladi"

Zinedin Zidan: "Ronaldu finalga 100 foiz tayyor bo‘ladi"
Zinedin Zidan: "Ronaldu finalga 100 foiz tayyor bo‘ladi"

Bugun, 28 mayda Milanda Chempionlar Ligasi finali bo‘lib o‘tadi, Evropa qit’asining klublar o‘rtasidagi eng nufuzli unvoni uchun ikkita ispan grandi – \"Atletiko\" va \"Real\" kurashadi, deyiladi \"Kun\" nashrida.
\"Qirollik\" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot-anjumanida jamoa etakchisi Krishtianu Ronaldu bu uchrashuvga to‘liq tayyor bo‘lishini aytdi. Avvalroq portugaliyalik hujumchi jarohati tufayli mashg‘ulotni yakunlay olmagani ma’lum bo‘lgandi.

\"Ronaldu 100 foizga tayyor bo‘ladi. U biroz og‘riq sezgandi, biroq umuman Krishtianu joyida\", deb aytdi Zidan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.