“Real” Xolandni “Manchester Siti”dan tortib oladi

“Real” Xolandni “Manchester Siti”dan tortib oladi
“Real” rahbariyati yoshi o‘tib qolgan to‘purar Karim Benzemaning o‘rniga “Manchester Siti” vakili Erling Xolandni olib kelishga qaror qildi.

Angliya Premer-ligasi “Manchester Siti”ni moliyaviy firibgarliklarga qo‘l urganlikda ayblay boshlaganidan keyin, “shaharliklar”ning oldida muammolar ko‘payib ketdi. Jamoa quyi ligalardan biriga tushirib yuborilishi mumkin.

Daily Mail nashrining ta’kidlashicha, yuzaga kelgan vaziyat “Siti”ga qimmatga tushishi va transferlarga ta’sir o‘tkazishi mumkin. “Real” rahbariyati jarayonni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

Fichajes sayti “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres “Manchester Siti”ga sanksiya qo‘llaniladigan bo‘lsa, Xolandni transfer qilish bo‘yicha puxta reja tuzib qo‘yganini ta’kidlamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.