Anchelotti Braziliya bosh murabbiyi bo‘ladi

Anchelotti Braziliya bosh murabbiyi bo‘ladi
\"Real\" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozda klubdan ketishi deyarli aniq bo‘ldi. \"ESPN\" nashrining xabar berishicha, mutaxassis Braziliya terma jamoasi bilan kelishuvga erishgan.

U federatsiya rahbarlariga rozlik bildirgani aytilmoqda. Undan avvalgi murabbiy Tite Qatardagi mundialdan so‘ng iste’foga chiqarilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi \"JCH-2022\"da chorak finalda Xorvatiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani kutilganidan erta tark etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.