Ronaldu boshqa jamoaga o‘tishi kutilmoqda

Ronaldu boshqa jamoaga o‘tishi kutilmoqda
Krishtianu Ronalduning Yevropa futbolini tark etib, yil boshida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasiga ko‘chib o‘tgani hamon keng muhokama qilinmoqda.

Sportskeeda nashrining ma’lum qilishicha, portugaliyalik yulduz kelajakda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Saudiyaning yana bir klubi “Al-Hilol” 38 yoshli to‘purarn o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

“Al-Hilol” Ronaldu Osiyo futboliga ko‘chib o‘tganidan keyin Lionel Messiga taklif bilan chiqqandi. Ular argentinalik jahon chempioniga yiliga 300 million yevrogacha maosh va’da qilgan.

Ronaldu “An-Nasr” bilan ikki yarim yillik bitim tuzgan. Kelishuvga ko‘ra, futbolchining yillik maoshi 200 million yevro atrofida belgilagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.