«Bavariya» David Alabani «Real»ga 50 mln. evroga sotmadi


Madridning “Real” jamoasi “Bavariya” himoyachisi David Alabani sotib olish uchun myunxenliklarga taklif bilan chiqqan.
Ma’lum bo‘lishicha, “Bavariya” rahbariyati madridliklarning 50 mln. evroga teng taklifini rad etgan. “Qirollik klubi” uni Marselo o‘rniga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Myunxenliklar esa avstriyalik futbolchini 80 mln. evroga sotmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Alabaning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan. Alaba ushbu tugagan mavsumda Bundesliganing 30 ta uchrashuvida ishtirok etdi va 2 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













