Rossiya o‘rtoqlik uchrashuvida Chexiyaga mag‘lub bo‘ldi


Euro-2016 turniriga tayyorgarlik doirasida Rossiya terma jamoasi Avstriyaning Insburk shahrida Chexiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘yinning 6-daqiqasidayoq rossiyaliklar hujumchisi Aleksandr Kokorin hisobni ochdi. Chexlar esa ikkinchi bo‘limni boshida hisobni tenglashtirdi, jamoa sardori Tomash Rosiski Gilermeni ozij qoldirdi. 90-daqiqada esa Moskvaning SSKA jamoasi sobiq futbolchisi Tomash Nesid g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Ushbu o‘yinda \"Shalke\" futbolchisi, Rossiya fuqaroligini qabul qilgan germaniyalik Roman Noyshtedter debyut qildi. Leonid Sluskiy shogirdlari 5 iyun kuni Monakoda Serbiyaga qarshi yana bir o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.
Insbruk (Avstriya).
O‘rtoqlik uchrashuvi.
Chexiya – Rossiya – 2:1 (0:1)
Gollar: Kokorin, 6 (0:1). Rosiski, 49 (1:1). Nesid, 90 (2:1).
Chexiya: Chex, Gebreselassie, Xubnik (Sivok, 46), Kadles, Limberski (Kaderjabek, 64), Dochkal (Skalak, 41), Darida, Pavelka (Plashil, 46), Rosiski (Kolarj, 85), Kreychi, Lafata (Nesid, 46).
Rossiya: Lodigin (Gilerme, 46), Smolnikov, Berezuskiy (Noyshtedter, 64), Ignashevich, Torbinskiy (Kombarov, 64), Denisov, Shatov, Ivanov (Golovin, 64), Kokorin (Samedov, 64), Dzyuba (Mamaev, 46), Smolov.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













