Saudiya Premer-ligasi. "An-Nassr" sentyabrdan buyon ilk marta mag‘lub bo‘ldi

Saudiya Premer-ligasi. "An-Nassr" sentyabrdan buyon ilk marta mag‘lub bo‘ldi

Krishtianu Ronaldu ketma-ket ikkita o‘yindan buyon samarali harakat amalga oshira olmayapti.

\"An-Nassr\" Saudiya Arabistoni chempionati doirasida \"Al-Ittihod\"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ronaldu ushbu bahsda gol ham assist ham qayd eta olmadi. Portugaliyalik forvard 3 mart kungi \"Al-Batin\"ga qarshi o‘yinda ham maydonni golsiz tark etgandi.

Ronaldu Saudiya chempionatida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo‘ygan. \"An-Nassr\" esa ligada sentyabr oyidan buyon ilk bor mag‘lub bo‘ldi. O‘shanda jamoa 2-turda \"At-Taavun\"ga yengilgan edi.

Ma’lumot uchun, riyodliklar ushbu mag‘lubiyatdan keyin turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Peshqadam \"Al-Ittihod\"dan jamoa 1 ochko ortda bormoqda.

\"Al Ittihod\" — \"Al Nassr\" 1:0

Gol: 1:0 – 80 Romarino.

\"Al Ittihod\":  Groe, Al-Olayyan, Xegazi, Sharaxili, Bamasud (Al Hawsawi, 69), Koronado, Bruno Enrike, Xamed, Romarino (Kamara, 88), Amdalla, Al-Bishi (Al-Obod, 60).

\"Al Nassr\":  Al-Akidi, Al-Ganam, Alvaro Gonsales, Madu, Al-Amri (Bushal, 83), Konan, Luis Gustavo (Al-Xaybari, 46), Al-Sulayxim (Al-Xassan, 76), Maran (Al-Nadji, 59), Ronaldu, Garib (Masharipov, 76).

Ogohlantirishlar: Bamasud (68), Konan (84).

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.