Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatidagi ilk mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?

\"An-Nasr\" Saudiya Arabistoni chempionati 20-turidan o‘rin olgan \"Al-Ittihod\"ga qarshi bahsda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvdan keyin jamoa sardori Krishtianu Ronaldu \"Instagram\"ga post joyladi.
\"Natijadan hafsalamiz pir bo‘ldi, lekin bor e’tiborimizni oldindagi o‘yinlarga qaratamiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun \"An-Nasr\" muxlislariga rahmat. Biz sizga ishonishimiz mumkinligini bilamiz\", - deya yozib qoldirgan portugaliyalik yulduz.
Ma’lumot uchun, riyodliklar ushbu mag‘lubiyatdan keyin turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Peshqadam \"Al-Ittihod\"dan jamoa 1 ochko ortda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













