Rasman: JCH-2026ning yangi format tasdiqlandi!

Rasman: JCH-2026ning yangi format tasdiqlandi!

Ruanda poytaxti Kigali shahrida FIFAning kongressi bo‘lib o‘tdi va unda JCH-2026ning yangi format tasdiqlandi. Unga ko‘ra, JCH tarixida ilk marta 48 terma ishtirok etadi.

Avvaliga 48 termani 3tadan 16 guruhga ajratish varianti aytilgandi. Biroq FIFA bu g‘oyadan voz kechdi va 4 termadan iborat 12 guruh bo‘lishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, guruhdagi eng yaxshi ikki jamoa pley-offga yo‘llanma oladi va 3-o‘rinni olgan eng yaxshi 8 terma ham 1/16 finalga chiqadi. Umumiy hisoblaganda JCHda 39 kun ichida 104 o‘yin o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.