O‘zbekistonlik yosh hokkeychilar Osiyo chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik yosh hokkeychilar Osiyo chempioni bo‘ldi

Mo‘g‘ulistonda 18 yoshgacha bo‘lgan hokkeychilar o‘rtasida IIHF Osiyo va Okeaniya chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqada O‘zbekiston U18 milliy jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Yosh hokkeychilar Turkmaniston (5:0), Eron (14:1), Mo‘g‘uliston (7:4) va Tailand (10:2) ustidan g‘alaba qozonib, 12 ochko jamg‘arib, muddatidan oldin turnir g‘olibi bo‘ldi. So‘nggi turdan o‘rin olgan BAA hokkeychilariga qarshi 17 mart kungi bahs hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

O‘zbekistonlik yosh hokkeychilar Osiyo chempioni bo‘ldi

O‘zbekiston U18 milliy jamoasi tarkibi Toshkentning «Humo» va «Binokor» klubi hokkeychilaridan tarkib topgan. Jamoaga rossiyalik Artur Faxrutdinov murabbiylik qiladi.

Turnir bombardirlari ro‘yxatida o‘zbekistonlik Jasurbek Rustamxonov 16 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. U 9 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.