Hasanboy Do‘smatov Saken Bibosinovning gaplariga munosabat bildirdi

Hasanboy Do‘smatov Saken Bibosinovning gaplariga munosabat bildirdi

Qozog‘istonlik Saken Bibosinov intervyusida Hasanboy Do‘smatovni o‘z uyida yengishi haqida gapirdi. Do‘smatov ushbu gaplarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Hammasi Allohdan. To‘g‘ri, avvalgi jahon chempionatida mag‘lub etgandi. Allohga shukur, Osiyo chempionatida revansh oldik.

Albatta, o‘z ustimizda yana ham ko‘proq ishlayapmiz. Hali hamon raqibni o‘rganib, xatolar ustida ishlashmoqdamiz. Barchasini ring ko‘rsatadi. Oldindan nimadir deyish qiyin. O‘z uyimizda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Ringda to‘qnash kelib qolsak yana ham qiziqarli jang bo‘ladi deyishimiz mumkin», - dedi Do‘smatov.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.