"Metro Lyublino" ilk mag‘lubiyatini O‘zbekiston vakilidan qabul qilib oldi


22 mart kuni Qozog‘istonning Almati shahrida \"Oktagon 43\" turniri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu jang oqshomida yosh iste’dodli MMA jangchimiz, Jasur Anorboyev shogirdi Sanjar Zokirov tojikistonlik \"Metro Lyublino rabotayem\" chellendji bilan mashhur Saymo‘min Madiyevga qarshi jang qildi.
Jangdan avval yaqqol \"favorit\" sanalgan Madiyev yurtdoshimizga qarshilik qila olmadi. Butun jang mobaynida ajoyib harakat qilgan hamyurtimiz 3-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi va mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirgan holda, rekordini 5-0 ko‘rinishga olib keldi.
Madiyev esa ilk mag‘lubiyatini Zokirovdan qabul qilib oldi. Bunga qadar Tojikiston vakili 5 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongandi. Ushbu ajoyib g‘alaba bilan yurtdoshimizni muborakbod etamiz.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













