O‘zbekiston kubogi. Guruh bosqichining barcha ishtirokchilari aniq bo‘ldi

O‘zbekiston kubogi. Guruh bosqichining barcha ishtirokchilari aniq bo‘ldi
O‘zbekiston kubogi. Guruh bosqichining barcha ishtirokchilari aniq bo‘ldi
O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga yo‘llanma beruvchi so‘nggi ikki o‘rin uchun Birinchi liganing sakkiz jamoasi o‘zaro kurash olib bordi. Liga 24-mart kuni saralashning birinchi bosqichini yakunlagan bo‘lsa, bugun — 26-mart kuni ikkinchi bosqich doirasidagi ikki o‘yin yakuniga etdi.
 
Dastlabki o‘yinda “Jizzax” jamoasi Buxoroning “Nurafshon” jamoasidan ustun keldi — 5:2. Shu tariqa “Jizzax” musobaqaning “A” guruhida OKMK, “G‘ijduvon” va “Andijon-SGS” bilan kurash olib borish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
 
Ikkinchi o‘yinda esa yangi tashkil etilgan “Jayxun” hamda “Olimpiya” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Murosasiz o‘yinda nukusliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, O‘zbekiston kubogini tark etdi. “Olimpiya” esa “F” guruhida “Andijon”, “Navbahor” hamda “Olimpik” kabi Superliga jamoalari bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.
 
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi 2-aprel kuni “Andijon-SGS” — “Jizzax” o‘yini bilan start oladi.
O‘zbekiston kubogi. Guruh bosqichining barcha ishtirokchilari aniq bo‘ldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.