Valeriy Karpin O‘zbekiston va Eron terma jamoalarini Yevropa termalari bilan solishtirdi

Valeriy Karpin O‘zbekiston va Eron terma jamoalarini Yevropa termalari bilan solishtirdi
Valeriy Karpin O‘zbekiston va Eron terma jamoalarini Yevropa termalari bilan solishtirdi
Irog‘ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvdan so‘ng Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpinga Osiyo futboli haqida savol berishdi.
 
- Osiyo jamoalari bilan bir nechta o‘yinlar o‘tkazdingiz. Osiyo futboli darajasi bo‘yicha Yevropadan kuchlimi yoki kuchsizmi?
- Bu nima degani? Kim bilan solishtirganda? Fikrimcha, Eron termasi Sloveniya va Slovakiyadan kuchliroq. O‘zbekiston? Plyus-minus. Yevropada kuchliroq terma jamoalar ham, kuchsizroq jamoalar ham bor. Osiyoda ham shunday.
 
- Osiyo qit’asidan Jahon chempionatiga chiqish osonroqmi?
- Qancha jamoa JCHga chiqishi, qanday saralash bo‘lishini bilmayman. To‘g‘risini aystam, buni o‘rganib chiqmadim. Osonroq yoki qiyinroqligini aytish qiyin, ammo oson bo‘lmasligi aniq.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.