Xorxe Masvidal: "Shavkat Rahmonov Chimayevni sindiradi"


UFC yarim o‘rta vazn toifasi vakili Xorxe Masvidal Shavkat Rahmonov hamda Hamzat Chimayev o‘rtasidagi ehtimoliy jang borasida o‘zi taxminini bildirdi.
\"Menimcha, Shavkat Rahmonov Chimayevni sindiradi. Chimayevning shov-shuvlariga ishonmayman.U o‘z vazn toifasi uchun katta va yaxshi jang qiladi. Lekin u xuddi shunday kurashchi va kuchli zarbaga ega bo‘lgan jangchi bilan to‘qnash kelsa bilmadim. Men Shavkat tomondaman. Agar, Chimayev g‘alaba qozonsa mening noto‘g‘ri fikrdaligimni isbotlagan bo‘ladi\", - dedi Masvidal.
Ma’lumot uchun, Masvidal 8 aprel kuni \"UFC 287\" turniri doirasida Gilbert Byornsga qarshi jang qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













