APL. "Manchester Siti" "Liverpul"ni tor-mor etdi


Premer-liga 29-turining markaziy o‘yini \"Manchester Siti\" - \"Liveprul\" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bahs \"shaharliklar\"ning yirik 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab Saloh 17-daqiqada hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas Alvares imkoniyatlarni tenglashtirdi. Ikkinchi taym boshida De Bryune jamoasini oldinga olib chiqdi. Qolgan daqiqalarda Gundogan va Grilish o‘z nomiga bittadan gol yozdirib, hisobni yirik ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa, 3 ochkoni qo‘lga kiritgan \"Manchester Siti\" 64 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. \"Liverpul\" esa 6-pog‘onadan joy olgan.
Manchester Siti – Liverpul 4:1
Gollar: 0:1 – 17 Saloh, 1:1 – 27 Alvares, 2:1 – 46 de Bryuyne, 3:1 – 53 Gyundogan, 4:1 – 74 Grilish.
Manchester Siti – Ederson, Ake, Ruben Diash, Akandji, Stounz, Gyundogan, de Bryuyne, Grilish (Palmer), Rodri (Bernardu Silva, 83), Marez, Alvares.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson (Simikas, 70), Henderson, Fabino, Elliott (Oksleyd-Chemberlen, 70), Saloh (Nunes, 70), Diogu Jota (Firmino, 70), Gakpo (Milner, 82).
Ogohlantirishlar: Saloh (19), Rodri (33).
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













