Gabriel Rosado: "Bektemirni testdan o‘tkazishga tayyorman"

Gabriel Rosado: "Bektemirni testdan o‘tkazishga tayyorman"
Gabriel Rosado: "Bektemirni testdan o‘tkazishga tayyorman"
Hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyev 22 aprel kuni Las Vegas shahrida Gabriel Rosadoga qarshi revansh jangini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Rosado ushbu bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
\"Zurdo (Gilberto Ramires) bilan jangning bekor bo‘lgani yomon bo‘ldi, lekin endi Bekka qarshi yilning eng yaxshi boks oqshomida jang bo‘ladi. Men bor diqqatimni jamlaganman va Bekni yana testdan o‘tkazishga tayyorman. Ushbu tarixiy boks oqshomining bir bo‘lagida jang qilishni intizorlik bilan kutmoqdaman va yana \"The Bully\"ni o‘z nazoratimda ushlashni reja qilaman\", - deydi Rosado.
 
Eslatib o‘tamiz, kechaning markaziy bahsida yengil vazn yulduzlari Jervonta Devis va Rayan Garsiya o‘zaro to‘qnash keladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.