"Chessable Masters": Nodirbek Abdusattorov finalda g‘alaba qozondi


Har yili jahon shaxmat olamidagi eng nufuzli onlayn seriya - \"Champions Chess Tour\" doirasida turli onlayn musobaqalar yil davomida o‘tkazilib kelinadi.
Hozirda ushbu tur doirasida \"Chessable Masters\" turniri 3 ta divizionda bo‘lib o‘tmoqda.
2-divizionda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov finalda fransiyalik Maksim Vashiyerni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shundan so‘ng, o‘tish bosqichida Niderlandiya vakili Anish Giridan ustun kelgan Vashiyer yana bir bor Abdusattorov bilan bugun, 7 aprel kuni o‘tkaziladigan grand finalda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













