Isroil Madrimov oʻzi uchun yangi vaznda ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi (video)

Isroil Madrimov oʻzi uchun yangi vaznda ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi (video)
AQShning San-Antonio shahrida Oʻzbekiston vaqti bilan 9 aprel tongida boks oqshomi oʻtkazilmoqda. Mazkur musobaqada oʻzbekistonlik bokschi Isroil Madrimov (9-0-1, 6 KO) ham oʻz jangini oʻtkazdi. Unga amerikalik bokschi Rafael Igbokve (15-4, 7 KO) raqib boʻldi.

Jang toʻliq oʻn raund davom etdi. Dastlabki raundda bokschilar teng kurash olib bordi, Madrimov soʻnggi soniyalardagi kuchli zarbasi orqali raundni muvaffaqiyatli yakunlandi. Keyingi uch raund Oʻzbekiston vakilining toʻliq ustunligida oʻtdi.

Jangning ikkinchi yarmida temp oʻrtacha boʻldi va asosan Isroilning aniq yoʻnaltirilgan zarbalari bilan yodda qoldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Madrimovning gʻalabasini qayd etdi — 100:90, 99:91, 99:91.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.