"Nasaf"ni oldinda dahshatli taqvim kutib turibdi!


O‘zbekiston Superligasida 5-tur o‘yinlari ham yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, ayni payt jadvalda \"Neftchi\" va \"Bunyodkor\" jamoalari bir xil 13 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Ahamiyatlisi, Qarshining \"Nasaf\" klubi ko‘plab bahs-munozaralarga qaramay, 4-o‘ringa chiqib olishga muvaffaq bo‘ldi. Klub hisobida hozircha 10 ochko mavjud.
Biroq Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlarini oldinda o‘ta qiyin taqvim kutib turibdi. 6-turda \"ajdarlar\" \"Bunyodkor\" mehmoni bo‘lsa, keyingi tur \"Olimpik\" Qarshida mehmon bo‘ladi.
So‘ngra 8-turda \"Neftchi\" maydoniga safar uyushtirilsa, 9-turda \"Navbahor\" bilan o‘yini bor.
Quyida jamoaning Superliga doirasidagi navbatdagi 6 o‘yini bilan tanishing:
6-tur. \"Bunyodkor\" - \"Nasaf\".
7-tur. \"Nasaf\" - \"Olimpik\".
8-tur. \"Neftchi\" - \"Nasaf\".
9-tur. \"Nasaf\" - \"Navbahor\".
10-tur. \"Metallurg\" - \"Nasaf\".
11-tur. \"Nasaf\" - \"Paxtakor\".
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













