"Barselona" prezidenti "Real" haqida qattiq gaplarni aytdi


\"Barselona\" prezidenti Joan Laporta bir guruh klub muxlislari bilan uchrashdi. U \"Negreyra ishi\" deb atalgan voqeada \"ko‘k-anorranglilar\" aybsiz ekaniga muxlislarni ishontirdi.
“Ular bizga qarshi hech narsaga ega emas. Vaziyat bo‘rttirilgan. Ushbu kompaniyalardagi odamlardan biri [Negreyra] hakamlar texnik qo‘mitasi vitse-prezidenti edi. Ammo u biror narsaga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega emas edi, chunki hakamlarni u tayinlamagan”, - dedi Laporta.
Avvalroq \"Barselona\" hakamlar uchun pul o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bundan oldin \"Real\" ham bu ishda ishtirok etishga qaror qilgani haqida Laporta shunday degan edi:
- Azaldan hakamlar yordam berib kelgan klub endi jabrdiydaga aylanib qoldi. Bu bema’nilik.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













