Jervonta Devis Rayan Garsiyani muddatidan oldin mag‘lub etdi


AQSHning Las Vegas shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Barcha uchun uzoq kutilgan kechaning markaziy bahsida Jervonta Devis va Rayan Garsiya o‘zaro to‘qnash keldi.
Dastlabki raundlarda Garsiya ustunlik ko‘rsatayotgan edi. Ikkinchi raundda esa Devis Garsiyani qarshi hujumda tutib oldi va nokdaun holati qayd etildi.
Shundan so‘ng, tashabbusni o‘z qo‘liga olgan Devis 7-raundda tanaga berilgan kuchli zarba orqali Garsiyani yana bir bor nokdaun holatiga tushirdi va hakam bahsni yakunladi.
Shunday qilib, uzoq kutilgan to‘qnashuvda Devis 7-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













