Denni Garsiya: "Men Lomachenkoning g‘alaba qozonishini tasavvur qila olmayapman"


Denni Garsiya (37-2, 21KO) Devin Xeynini (29-0, 15KO) Vasiliy Lomachenkoga (17-2, 11KO) qarshi jangda favorit deb bilishini, ammo ukrainalik faxriy bokschiga qarshi qiyin jang o‘tkazishini taxmin qildi.
\"Menimcha, bu qiziqarli jang. Agar kimnidir tanlashga to‘g‘ri kelsa, men Xeynini aytgan bo‘lardim. Chunki u yaxshi zarbaga ega, yoshroq va kuchliroq. Lekin Lomachenko oxirigacha jang qiladi. Shuning uchun menimcha, bu yaxshi jang bo‘ladi. Biroq, men Lomaning g‘alabasini tasavvur qila olmayapman, men yoshroq jangchini afzal ko‘raman\", - dedi Garsiya.
Eslatib o‘tamiz, Vasiliy Lomachenko va Devin Xeyni 20 may kuni yengil vazn (61,2 kg) toifasida mutloq jahon chempionligi uchun jang qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













