Mourino “Chelsi”ni boshqarish taklifiga javob berdi

Mourino “Chelsi”ni boshqarish taklifiga javob berdi
Mourino “Chelsi”ni boshqarish taklifiga javob berdi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Chelsi”ni boshqarishga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
 
Corriere dello Sport nashrining ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis Rim klubidagi faoliyatini davom ettirish maqsadida “aristokratlar” taklifiga rad javobini berdi.
 
Manbaning ma’lum qilishicha, London klubi mutasaddilari yaqinda Mourino bilan hamkorlki masalasida muzokara o‘tkazgan. Suhbat chog‘ida Joze “Roma” bilan shartnomasini oxiriga yetkazib qo‘yishini aytgan.
 
Mourinoning Rim klubi bilan hamkorligi kelasi yilning yozigacha rasmiylashtirilgan. Tez orada 60 yoshli mutaxassis rahbariyat bilan kelajagini muhokama qilib oladi va kelishuv yana uzaytirilishi mumkin.
 
Mourino bungacha “Chelsi”ni ikki marotaba – 2004-2007 va 2013-2015 yillar davomida boshqargan. Uning qo‘l ostida “aristokratlar” uch marotabadan Angliya chempioni va Liga kubogi g‘olibi, bir martadan mamlakat kubogi va Superkubogi egasi bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.