Hasanboy Doʻsmatov chorak finalda gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻl oldi

Toshkentdagi \"Humo arena\"da boks boʻyicha erkaklar oʻrtasida chorak finallar boshlanmoqda.
-51 kg vazn toifasida Hasanboy Doʻsmatov yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi ringga koʻtarildi. Hamyurtimiz koʻk formada, uning raqibi qizil libosda harakat qildi.
Birinchi raundni Hasanboy oʻz foydasiga hal etdi - 4:1.
Ikkinchi raundda ham vakilimiz ustunlikka erishdi - 3:2.
Oxirgi raund yaponiyalik bokschining foydasiga - 2:3. Yakuniy hisob 4:3 Hasanboy Doʻsmatov foydasiga. Hamyurtimiz yarim finalga yoʻl olish bilan birga kamida 50 ming dollarga ega chiqdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













