Boks bo‘yicha jahon chempionati: Ruslan Abdullayev ham finalda!


Toshkentdagi \"Humo arena\"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.
-63,5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullayev armanistonlik Xovanes Bachkov bilan ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz ko‘k formada, uning raqibi qizil libosda harakat qildi.
Ilk raundda Ruslanning qo‘li baland keldi - 5:0.
Ikkinchi raundda ham vakilimizning ustunligi qayd etildi - 5:0.
Oxirgi raundda Ruslan imkoniyatni boy berib qo‘ydi - 0:5. Yakuniy hisob esa 5:0 Ruslan Abdullayev foydasiga.
Shu tariqa, Ruslan finalga yo‘l oldi. Qolaversa, Abdullayev kamida kumush medali va 100 ming dollar pul mukofotini naqd qildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













