Yevropa ligasi. "Sevilya" kichik kambek amalga oshirib, ikkinchi finalchiga aylandi

Yevropa ligasi. "Sevilya" kichik kambek amalga oshirib, ikkinchi finalchiga aylandi
Yevropa ligasi. "Sevilya" kichik kambek amalga oshirib, ikkinchi finalchiga aylandi
Yevropa ligasining yarim final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda \"Sevilya\" o‘z maydonida \"Yuventus\"ni 2:1 hisobida taslim qilib, finalga yo‘l oldi.
 
Dastlab, 65-daqiqada Vlaxovich hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Suso imkoniyatlarni tenglashtirdi. Asosiy vaqtda boshqa gol urilmaganidan keyin qo‘shimcha taymlarga murojaat qilindi. 95-daqiqada Lamela boshi bilan gol urib, jamoasiga g‘alaba olib keldi.
 
Sevilya (Ispaniya) – Yuventus (Italiya) 2:1
Gollar: 0:1 – 65 Vlaxovich, 1:1 – 71 Suso, 2:1 – 95 Lamela.
Sevilya – Bunu, Navas (Gomes, 105), Bade, Gudel, Akunya, Rakitich, Fernando, Okampos (Lamela, 70), Oliver Torres (Suso, 62; Rekik, 118), Xil (Montel, 100), En-Nesiri.
Yuventus – Shchensni, Danilo, Bremer, Gatti, Kuadrado (Milik, 105), Di Mariya (Keza, 64), Rabo, Lokatelli (Miretti, 86), Fadjoli (Paredes, 41), Kin (Vlaxovich, 64), Ayling (Kostich, 86).
Ogohlantirish: Kin (11), Akunya (57), Danilo (105), Suso (117), Paredes (117), Montel (120).
Chetlatish: Akunya (115).
 
Dastlabki uchrashuv – 1:1
 
Shu tariqa, \"Sevilya\" turinliklarni umumiy 3:2 hisobida mag‘lub qildi. Endi ispanlar finalda \"Roma\" bilan o‘ynashi kerak. Ushbu bahs 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.