Amerika Kubogi: Argentina AQShni yirik hisobda engib finalga chiqdi

Amerika Kubogi: Argentina AQShni yirik hisobda engib finalga chiqdi
Amerika Kubogi: Argentina AQShni yirik hisobda engib finalga chiqdi

Amerika Kubogida yarim final bosqichining birinchi uchrashuvi o‘tkazildi. AQShda kechayotgan turnir yarim finalida mezbonlar Argentinaga qarshi maydonga chiqishdi va yirik hisobda yutqazishdi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

O‘yinning 3-daqiqasidayoq argentinaliklar hujumchisi Esekel Lavessi Messining pasini golga aylantirib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Messining o‘zi jarima zarbasi orqali jamoasi ustunligini oshirdi - 2:0.

Ikkinchi bo‘limda esa Gonsalo Iguain yana 2ta gol bilan hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi - 4:0.

Shu tariqa, Argentina terma jamoasi 28-marta Amerika Kubogi finaliga chiqdi. Jamoa endi 15-sovrin uchun harakat qiladi.

Yarim finalning ikkinchi uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 23 iyun kuni, soat 05:00da boshlanadi. Bu uchrashuv Kolumbiya hamda turnirning amaldagi g‘olibi Chili o‘rtasida o‘tkaziladi.

Uchinchi o‘rin uchun bahs 26 iyunga, final 27 iyunga belgilangan.

AQSh – Argentina 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 3 Lavessi, 0:2 – 32 Messi, 0:3 – 50 Iguain, 0:4 – 86 Iguain.
AQSh – Gyuzan, Yedlin, Kemeron, Bruks, Djonson, Zardes, Bredli, Bekkerman (Birnbaum, 60), Zusi, Vondolovski (Pulishich, 46), Dempsi (Nagbe, 78).
Argentina – Romero, Merkado, Otamendi, Funes Mori, Roxo (Kuesta, 84), Fernandes (Bigliya, 59), Maskerano, Banega, Messi, Iguain, Lavessi (Lamela, 67).
Ogohlantirishlar: Vondolovski (31).
[media=https://youtu.be/SWSVOcq-KMI]
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.