Rasman! O‘zbekistonda jahon chempionati o‘tkaziladi

Rasman! O‘zbekistonda jahon chempionati o‘tkaziladi
Rasman! O‘zbekistonda jahon chempionati o‘tkaziladi
O‘zbekiston 2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
 
\"Bugun FIFA Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 
Kun tartibidan FIFA miqyosidagi bir qator musobaqalar, xususan, futzal va futbol bo‘yicha jahon birinchiligi musobaqalariga mezbon mamlakatlarni belgilash masalalari o‘rin oldi.
 
E’tiborli jihati, 2024 yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati musobaqasi O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilandi. Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, yurtimiz FIFA tasarrufidagi Jahon chempionatiga birinchi bor mezbonlik qiladi\", - deyiladi tashkilot xabarida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.