Italiya Ispaniyani engib, chorak finalga yo‘l oldi

Italiya Ispaniyani engib, chorak finalga yo‘l oldi
Italiya Ispaniyani engib, chorak finalga yo‘l oldi

Evropa chempionatining nimchorak finali doirasidagi markaziy uchrashuvlardan biri Italiya va Ispaniya o‘rtasida o‘tkazildi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida David de Xea Ederning zarbasini qaytardi, qaytgan to‘pga Emanuele Jakkerini etib keldi, darvozabon uning yo‘liga chiqdi, lekin to‘pni olib qo‘ygan Kellini uni darvozaga kiritib yubordi.

O‘yin teng kurashlar ostida kechdi. Lekin Ispaniya vaziyatni o‘zgartira olmadi.

Oxirgi daqiqalarda esa Antonio Konte shogirdlari qarshi hujumda ikkinchi golni urishdi. Grasiano Pelle yakuniy natijani o‘rnatdi - 2:0.

Ispaniya keyingi 16 yil ichida ilk marta Evropa chempionati pley-off bosqichida mag‘lubiyatga uchradi.

Chorak finalga chiqqan Italiyaning keyingi raqibi Germaniya bo‘ladi.

Italiya – Ispaniya 2:0
Gollar: 1:0 – 33 Kellini, 2:0 – 90 Pelle.
Italiya – Buffon, Bonuchchi, Kellini, De Shilo, Barzali, Parolo, Florensi (Darmian, 84), de Rossi (Motta, 54), Jakkerini, Pelle, Eder (Insine, 82).
Ispaniya – De Xea, Pike, Alba, Xuanfran, Ramos, Inesta, Buskets, Silva, Fabregas, Nolito (Aduris, 46; Pedro, 81), Morata (Vaskes, 70).
Ogohlantirishlar: De Shilo (23), Nolito (40), Pelle (54), Motta (89), Buskets (89).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.