"Nasaf" 5 futbolchini ijaraga berdi va 4 futbolchi bilan xayrlashdi

"Nasaf" 5 futbolchini ijaraga berdi va 4 futbolchi bilan xayrlashdi

\"O‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan jamoamizda davralar oralig‘ida o‘zgarishlar bo‘layotganidan xabaringiz bor.

Yozgi transfer oynasi vaqtida hozircha jamoamizga gruziyalik Jaba Jigauri kelib qo‘shildi.

O‘yin amaliyotini saqlab qolish uchun Aziz Xolmurodov va Nodirbek Mukarov Yaypanning \"Turon\" jamoasiga, Shahzod Akramov va Javohir O‘tamurodov \"Olimpik\" jamoasiga, Mahmud Jo‘raboyev \"Buxoro\" jamoasiga mavsum so‘ngiga qadar ijaraga berildi.

Shohmalik Komilov, Sardor Sadullayev, Azamat Soyibov va Muhammadjon Rahimov klub bilan kelishgan holda shartnomani bekor qilishdi va jamoani tark etishdi\", – deyiladi \"Nasaf\" matbuot xizmati bergan xabarda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.