Neymar «Barselona»da qoladigan bo‘ldi

Neymar «Barselona»da qoladigan bo‘ldi
Neymar «Barselona»da qoladigan bo‘ldi

\"Barselona\" hujumchisi Neymar «PSJ»ga o‘tmaydi. Bu haqda futbolchining otasi parijliklarga ma’lum qildi.

Neymar otasining ma’lum qilishicha, futbolchi Kataloniya klubini tark etmoqchi emas. Manbaga ko‘ra, Neymar ushbu haftaning o‘zida klub bilan shartnomani 2022 yilgacha uzaytarishi mumkin. Uning \"ko‘k-anorranglilar\" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

Avvalroq Neymarning otasi o‘g‘lining «Real»ga o‘tish imkoniyatini nolga tenglashtirgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.