Mane Saudiyada Ronaldu va Masharipovga jamoadosh bo‘lishi mumkin

Mane Saudiyada Ronaldu va Masharipovga jamoadosh bo‘lishi mumkin

\"Bavariya\" futbolchisi Sadio Mane faoliyatini Krishtianu Ronaldu va Jaloliddin Masharipov to‘p tepadigan \"An-Nasr\" jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Saudiya Arabistonining \"Ariadhiah\" nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, myunxenliklar Mane bilan xayrlashishga tayyor. Futbolchi va Saudiya klubi vakillari 1-2 kun ichida muzokaralarga kirishadi va ehtimoliy transferni muhokama qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum Sadio Bundesliganing 25 o‘yinida 7 gol va 5 assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.