O‘rtoqlik uchrashuvi. Jaba Jigaurining dubli "Nasaf"ga "Istiqlol" ustidan g‘alaba keltirdi

Halqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida \"Nasaf\" Tojikistonning \"Istiqlol\" klubiga qarshi maydonga chiqdi. Ushbu bellashuvda \"ajdarlar\" ishonchli 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ikkala golga ham yaqinda tarkibga qo‘shilgan legioner Jigauri mualliflik qildi. U oldinroq \"Mash’al\" va \"Sho‘rtan\"ga qarshi nazorat uchrashuvlarida ham gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, tanaffusdan so‘ng \"ajdarlar\" Superliga 14-turini safarda o‘tkazadi. Unda qarshiliklarga \"Andijon\" klubi raqiblik qiladi. Bellashuv 28 iyul soat 20:00 da start oladi.
\"Nasaf\" – \"Istiqlol\" 2:0
Gollar: Jaba Jigauri 52\', 62\'
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













