Messini termaga qaytarish uchun fuqarolar namoyish o‘tkazishdi

Messini termaga qaytarish uchun fuqarolar namoyish o‘tkazishdi
Messini termaga qaytarish uchun fuqarolar namoyish o‘tkazishdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi terma jamoadan ketganini e’lon qilgani mamlakatga qattiq ta’sir qildi. Hatto uni qaytarish uchun xalq namoyish o‘tkazdi.

\"Messi, Argentina bilan qol!\" degan mazmundagi banner va plakatlar bilan chiqish qilgan aholi hujumchining termaga qaytishidan umidvorligini anglatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Amerika kubogi finalida mag‘lubiyatga uchragach, Messi termadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Uni qaytarish uchun Argentina prezidenti va afsonaviy futbolchi Maradona ham urinib ko‘rdi, lekin hozircha foydasi bo‘lmayapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.