Arab chempionlar kubogi. Ikkinchi finalchi nomi ham ma’lum bo‘ldi

Arab chempionlar kubogining yarim finalidan o‘rin olgan \"Al-Hilol\" - \"Al-Shabab\" o‘yini Juan Jezus shogirlarining g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Kanno 9-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘nggida Malkom oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 56-daqiqada Gustavo javob golini urdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Al-Hamdam uchrashuvga nuqta qo‘ydi. Hisob 3:1.
Shu tariqa, \"Al-Hilol\" Arab chempionlar kubogi finaliga yo‘l oldi. Jamoani oldinda \"An-Nasr\" qarshi bahs kutmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













