Diego Simeone Argentina terma jamoasini boshqarsa, Messi qaytishi mumkin

Diego Simeone Argentina terma jamoasini boshqarsa, Messi qaytishi mumkin
Diego Simeone Argentina terma jamoasini boshqarsa, Messi qaytishi mumkin

Madridning “Atletiko” klubi ustozi Diego Simeone Argentina terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda “Fut.uz” xabar bermoqda.

Argentinalik mutaxassisning shartnomasida yozilishicha, agar Argentina futbol federasiyasi unga taklif bilan chiqsa, Simeone Madrid klubini tark etishga haqli.

Xabarlarga ko‘ra, Simeone “albiseleste”ga bosh murabbiy bo‘lsa, Lionel Messi terma safiga qaytishi mumkin.

Ayni damda Argentina terma jamoasi murabbiysiz qolgan. Xerardo Martino Amerika Kubogi–2016 musobaqasidan so‘ng o‘z lavozimini tark etgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.