O‘zbekiston ko‘pkarichilari birinchi Jahon kubogida ishtirok etadi

O‘zbekiston ko‘pkarichilari birinchi Jahon kubogida ishtirok etadi

13-20 avgust kunlari Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati, Baktuu-Dolonotu qishlog‘idagi ippodromda ko‘pkari (ko‘k bo‘ri) bo‘yicha klublar o‘rtasidagi ilk jahon chempionati o‘tkaziladi.

Xalqaro turnirda sakkizta mamlakat: Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, O‘zbekiston, AQSH, Turkiya, Vengriya va Mo‘g‘uliston klublari ishtirok etadi.

Tadbirni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ochib beradi.

Jahon kubogi Qirg‘izistonning mahalliy «NTRK-Sport» telekanali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali translyatsiya qilinadi. Efir 13 avgust kuni soat 13.00 da boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.