AQSH - O‘zbekiston: Asosiy tarkibda kimlar maydonga tushadi?

AQSH - O‘zbekiston: Asosiy tarkibda kimlar maydonga tushadi?

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi uzoq parvozdan so‘ng AQSHga yetib bordi. Endi jamoamiz Toshkent vaqti bilan 10 sentyabr kuni 02:30 da mezbonlar bilan kuch sinashadi.

Mazkur o‘yin oldidan Amerikadagi nashrlar AQSHning taxminiy tarkibini tuzib chiqdi. Unga qo‘shimcha qilib, biz ham termamizning taxminiy tarkibini e’tiboringizga havola etamiz!

AQSH - 4-3-3.

Darvozabon: Mett Tyorner (\"Nottingem Forest\").

Himoyachilar: Serjino Dest (PSV), Kris Richards (\"Kristal Pelas\"), Tim Rim (\"Fulxem\"), Antoni Robinson (\"Fulxem\").

Yarim himoyachilar: Ueston Makkenni (\"Yuventus\"), Yunus Musa (\"Milan\"), Malik Tillman (PSV).

Hujumchilar: Timoti Vea (\"Yuventus\"), Folarin Balogun (\"Monako\"), Kristian Pulishich (\"Milan\").

Bosh murabbiy: Gregg Berxalter.

 

O‘zbekiston - 3-4-1-2.

Darvozabon: O‘tkir Yusupov (\"Navbahor\").

Himoyachilar: Husniddin Aliqulov (\"Rizespor\"), Abdulla Abdullayev (OKMK), Umar Eshmurodov (\"Nasaf\").

Yarim himoyachilar: Hojiakbar Alijonov (\"Paxtakor\"), Aziz G‘aniyev (\"Shabab Al-Ahli\"), Otabek Shukurov (\"Fotih Karagyumryuk\"), Sherzod Nasrullayev (\"Nasaf\").

Hujumkor yarim himoyachi: Jamshid Iskanderov (\"Navbahor\").

Hujumchilar: Jaloliddin Masharipov (ayni paytda erkin agent), Eldor Shomurodov (\"Kalyari\").

Bosh murabbiy: Srechko Katanes.

 Shohrux Zoirov

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.