O‘rtoqlik o‘yini. Meksika - O‘zbekiston 3:3 (video)

Meksika va O‘zbekiston o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik bahsi 3:3 hisobi bilan o‘z nihoyasiga yetdi.
Dastlab, 18-daqiqada Bobir Abdixoliqov boshi bilan gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Raul Ximenes imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Taym so‘nggida esa Azizbek Turg‘unboyev vatandoshlarimizni oldinga olib chiqdi.
Ammo o‘yinning so‘nggi daqiqalarida meksikaliklar 2 ta gol urdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Otabek Shukurov super goli bilan jamoani qutqarib qoldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













