"Lokomotiv" Superligaga qaytdi

"Lokomotiv" Superligaga qaytdi

Hozirgina Pro-liganing 19-turi doirasidagi \"Xorazm\" - \"Qo‘qon-1912\" uchrashuvi yakunlandi. Unda g‘olib aniqlanmadi, 0:0. Shu orqali \"Qo‘qon-1912\" chempionlik uchun imkoniyatlarini yo‘qotdi.

Ayni damda turnir jadvali peshqadami bo‘lib turgan \"Lokomotiv\" bilan oradagi farq 6 ochkoni tashkil qiladi. Ushbu mavsumda poytaxt klubi o‘zaro o‘yinlarda \"Qo‘qon-1912\"ni ikkala o‘yinda ham mag‘lub qildi. Shu orqali \"temiryo‘lchilar\" mavsum tugashiga 3 tur qolganida Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi chempionlik uchun \"Dinamo\" hamda \"Lokomotiv\" kurash olib boradi. Agarda navbatdagi turda \"Qo‘qon-1912\" o‘z maydonida \"Dinamo\"ni mag‘lub qilib, \"Lokomotiv\" \"Mash’al\" maydonida bir ochkoga ega chiqadigan bo‘lsa, \"Lokomotiv\" chempionlikni rasmiylashtiradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.