Osiyo o‘yinlari: Bahodir Jalolovdan nokaut

Osiyo o‘yinlari: Bahodir Jalolovdan nokaut

Xanchjouda davom etayotgan Osiyo o‘yinlarini boks bahslarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan so‘ngi bokschimiz Bahodir Jalolov yarim final bahsida xitoylik Danabayk Baykuziga qarshi ringga ko‘tarildi.

Kutilganidek, Jalolov ushbu jangda yaqqol ustunligini namoyish etgan holda, 1-raundning o‘zidayoq raqibini nokautga uchratdi. Quvonarlisi, ushbu g‘alaba orqali yurtdoshimiz finalga yo‘l olishi bilan birga Parij Olimpiadasiga ham yo‘llanmani naqd qildi.

Endi u Osiyo o‘yinlari g‘olibligi uchun azaliy raqibi qozog‘istonlik Qamshibek Ko‘nkabayevga qarshi jang qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.