Toshkentda tug‘ilgan futbolchi Angliyada ko‘rikdan o‘tmoqda


Asli Toshkentda tug‘ilgan Nigeriya terma jamoasining sobiq hujumchisi Piter Odemvingie o‘z kuchini yana Angliya chempionatida sinab ko‘rishga qaror qildi, deya xabar beradi \"sports.uz\".
35 yoshli futbolchi bu gal \"Xall Siti\" tarkibidan joy olishga urinmoqda. Tajribali forvard jamoaning mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvilarida ishtirok etib, o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatishga harakat qiladi.
Odemvingie o‘tgan mavsumni quyi liga \"Bristol Siti\" safida o‘tkazib, ettita o‘yinda raqiblar darvozasiga ikkita gol urgan edi.
Piter 1981 yilning 15-iyulida Toshkent shahrida tavallud topgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













