UFC P4P ning yangilangan reytingini e’lon qildi

UFC P4P ning yangilangan reytingini e’lon qildi

UFC vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng yaxshi jangchilari reytingini yangiladi.

Unga ko‘ra, UFC 294 da Aleksandr Volkanovskini mag‘lub etgan Islom Maxachev reytingda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Volkanovski esa 3-o‘ringa tushdi. Og‘ir vazn toifasi chempioni Jon Jons esa hamon reytingda yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jon Jons UFC 295 turnirida Stipe Miochichga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Musobaqa 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

P4P reytingining yangilangan top-10 ligi:

1. Jon Jons

2. Islom Maxachev

3. Aleksandr Volkanovski

4. Leon Edvards

5. Charlz Oliveyra

6. Shon O‘melli

7. Shon Striklend

8. Israel Adesanya

9. Aleksandr Pantoja

10. Aleks Perreyra.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.