Rasman: JCH-2034 Saudiya Arabistonida bo‘ladi

Rasman: JCH-2034 Saudiya Arabistonida bo‘ladi

2034 yilgi jahon chempionatining qaysi mamlakatda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.

FIFA 31 oktyabrga qadar mezbonlik uchun arizalarni qabul qildi. Unga ko‘ra, faqatgina Saudiya Arabistoni JCH-2034 mezbonligi uchun rasman ariza topshirdi. Shu tariqa, 2034 yilgi mundialga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilishi ma’lum bo‘ldi.

FIFA prezidenti Janni Infantino ham JCH-2034 Saudiya Arabistonida o‘tkazilishini tasdiqlab, ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda post qoldirgan.

«Futbol dunyoni birlashtiradi», - deya yozdi FIFA prezidenti.

Avvalroq, Avstraliya JCH-2034 mezbonligi uchun ariza topshirish fikridan qaytgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tsa, JCH-2030 Urugvay, Paragvay, Argentina, Marokash, Ispaniya va Portugaliyada o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.