Lempard "Nyu-York Siti" tarixidagi ilk xet-trik muallifi bo‘ldi

Lempard "Nyu-York Siti" tarixidagi ilk xet-trik muallifi bo‘ldi
Lempard "Nyu-York Siti" tarixidagi ilk xet-trik muallifi bo‘ldi

\"Nyu-York Siti\" Nyu-York shahridagi \"Yanki\" stadionida MLS chempionati doirasida \"Kolorado Repidz\" jamoasini qabul qilib, 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

O‘yinda mezbonlar etakchisi Frenk Lempard 3ta gol urdi va \"Nyu-York Siti\" tarixidagi ilk xet-trik muallifi bo‘ldi. O‘yindagi yana ikki gol jamoaning boshqa hujumchilari Toni Teylor va Stiven Mendosa hisobiga yozilgan. \"Kolorado\" tarkibida yagona javob goliga Shkelzen Gashi mualliflik qilgan.

23 turdan keyin \"Nyu-York Siti\" 36 ochko to‘plab, MLS ligasining Sharqiy konferensiyasida birinchi o‘rinda ketmoqda. \"Kolorado\" 21 uchrashuvda 38 ochko to‘plab G‘arbiy konferensiyada ikkinchi o‘rinni band etgan.

MLS - Oliy liga
Nyu-York Siti (Nyu-York) – Kolorado Repidz (Denver) – 5:1
Gollar: Lempard, 28 (1:0); Teylor, 42 (2:0); Mendosa, 75 (3:0); Lempard, 81 (4:0); Lempard, 84 (5:0, pen); Gashi, 90+2 (5:1).
Ogohlantirishlar: Martines, 32; Lempard, 32 – Azira, 21; Uotts, 23.
Chetlatish: Azira, 37.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.